TONY YOUTUBER HAQIDA

Tony Youtuber

Tony – Bu mani Nicknameim (ya’ni taxllusim) Ota-Onam va chet eldagi do’stlarim mani shunaqa chaqirishar edi.
Youtuber – Youtube ijtimoiy tarmog’ida o’z auditoriyasiga ega bo’lgan shaxs. Yoshligimdan o’yin o’ynab kotta bo’lganman desam ham bo’ladi. Maktab davrlarimda o’qishdan so’ng kompyuterxonaga borip harhil o’yinlar o’ynar edim, Dota, Counter-Strike va Lineage 2 kabi, ko’pincha shuter o’yinlar edi. Etib o’tshim kerak o’z tengdoshlarim orasida eng yaxshi o’yinchilar (gamer) dan edim 😄

Ota va Onam

Hayotdagi eng birinchi muvaffaqiyatsizligim bu kollejga kirolmaganim bo’lgan! Shundan keyin hamma narsani yig’ishtirib qo’yib, universitetga kirish uchun harakatni boshlagan edim. Ota onam hardoim o’yin o’ynama bu hayotinda kere bo’midi, undan ko’ra o’qi va kasb egasi bo’l deyishar edi! Vaht o’tishi bilan, harakatlarim o’z samarasini berdi va man Xudoga shukur Buyuk Britaniyadagi nufuzli universitetlardan biri hisoblanadigan University of Sunderland London filiali talabasiga aylandim va 2020- yilda bakalavrni shu yerda tamomladim! Ammo yoshlikdagi qiziqshlarim uyg’onip 2020 yildan boshlap o’z bilimimni marketing sohasidagi strategiyalarim bilan 100% etiborimni o’z Brandimning rivojiga qaratdim. Yangliklar, keys ochishlar va harhil ko’ngil ochar videolar bilan o’z auditoriyamni ko’nglini ko’tara oldim, ular va o’zim ortamda iliqlik uyg’otdim!

Yakun

Hozirgi kunda meni O’zbekiston bo’ylap faqat Pubg o’yinchisimas balki Blogger va Telegram admini deya tanishadi. Youtube kanalimni 2 yildan beri e’tibor va faollik bilan yurg’izayotganligim sababli hozirda 110.000 dan ziyod obunachim bor ( Albatta bu raqamlar kelajakda o’sishda davom etadi) Men hardoim har bir obunachim va harbir meni kuzatayotgan insonlarga, hayot sizni qanday qiyin holatga solmasin, qanday yechimsiz muammolarga duch kelishizdan qatiy nazar hechqachon o’z maqsadlariz va tuyg’ularingizni unutmang deyman! Hamisha yuregingizga quloq soling, nimadur o’xshamayaptimi menga o’xshab bir kotta pauza olib yana qayting, albatta bir kun orzularingiz amalga oshadi aslo bo’sh kelmang! Chunki siz va orzularingiz sizdagi eng katta kuch va boylikdir!